JIDU talabalari ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aksiyasida ishtirok etdilar

    2026-yil 7-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti A. Radjabova tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi — SDG WEEK 2026” doirasida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aksiyasi tashkil etildi.

    Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi Musharraf Akbarova ishtirokida “Katta Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur aksiya ijtimoiy reyestrga kiritilgan 20 ga yaqin yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

    Tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 1-maqsad — “Kambag‘allikka barham berish” hamda 2-maqsad — “Ochlikka barham berish” tamoyillariga muvofiq tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, jamiyatda ijtimoiy birdamlik va o‘zaro yordam qadriyatlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

    Mazkur xayriya aksiyasi orqali talaba-yoshlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ularni mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy tashabbuslarga faol jalb etish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashda universitet va mahalla hamkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Ushbu tashabbus Barqaror rivojlanish maqsadlarini nafaqat nazariy jihatdan o‘rganish, balki ularni amaliy faoliyat orqali ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirokini kengaytirishga xizmat qildi.