JIDUda talabalar amerikalik ekspertlar bilan uchrashdi

JIDUda talabalar amerikalik ekspertlar bilan uchrashdi

    JIDUda talabalar amerikalik ekspertlar bilan uchrashdi

    JIDUda talabalar amerikalik ekspertlar bilan uchrashdi

    Amerikalik ekspertlar delegatsiyasining ta’lim safari doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar bilan O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Endryu Kachins — CFTNI katta ilmiy xodimi, Jons Hopkins universitetining taklif etilgan professori, Marsha Oliv — Kaspiy siyosati markazi (Caspian Policy Center) Maslahat kengashi a’zosi hamda Pol Sonders — Milliy manfaatlar markazi (Center for the National Interest) prezidenti va bosh ijrochi direktori ishtirok etdilar.

    Uchrashuv davomida ekspertlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning ijobiy rivojlanish sur’atlarini alohida ta’kidladilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi mavqeyini oshirishga qaratilgan tashqi siyosiy tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.

    Ishtirokchilar parlament diplomatiyasini rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, strategik ahamiyatga ega muhim mineral resurslar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ta’lim va akademik almashinuvlarni rivojlantirish kabi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

    Shuningdek, “C5+1” formatini yanada rivojlantirish, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari hamda AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarning Vashington tashqi siyosiy ustuvorliklariga ehtimoliy ta’siri yuzasidan fikr almashildi.

    Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuv talabalarga amerikalik ekspertlar bilan fikr almashish, zamonaviy xalqaro jarayonlar hamda O‘zbekiston–AQSh hamkorligining istiqbollari haqidagi bilimlarini kengaytirish imkonini berdi.