Kanada elchisi JIDU talabalari uchun interaktiv ma’ruza o‘tkazdi

Kanada elchisi JIDU talabalari uchun interaktiv ma’ruza o‘tkazdi

    Kanada elchisi JIDU talabalari uchun interaktiv ma’ruza o‘tkazdi

    Kanada elchisi JIDU talabalari uchun interaktiv ma’ruza o‘tkazdi

    2026-yil 31-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Kanadaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Dagganning xalqaro munosabatlardagi zamonaviy chaqiriqlar, global muammolar hamda diplomatik kasbning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

    Ma’ruza talabalar bilan ochiq muloqotga asoslangan interaktiv formatda o‘tdi. Diplomat ma’lumotlarni an’anaviy tarzda bayon qilish o‘rniga, savollar berish, turli nuqtai nazarlarni tinglash va auditoriyani bahs-munozaraga jalb etish orqali ishtirokchilarga dolzarb xalqaro jarayonlarni birgalikda tahlil qilishni taklif etdi.

    Uchrashuv avvalida Elchi talabalarni zamonaviy dunyo qanchalik o‘zgargani va xalqaro hamjamiyat qanday inqirozlarga duch kelayotgani haqida mulohaza yuritishga chorladi. Muhokama davomida talabalar hozirgi xalqaro vaziyatni dunyoning turli mintaqalarida bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘zaro bog‘liq inqirozlar avj olayotgan, bu esa global beqarorlikni kuchaytirib, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirayotgan “polikrizis” holati sifatida ta’rifladilar.

    Diplomatik kasbga alohida e’tibor qaratildi. Elchi o‘z kasbiy tajribasiga tayanib, muvaffaqiyatli diplomatik karyera qurish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlar va kasbiy salohiyat haqida so‘zlab berdi. Muhokama chog‘ida talabalar shiddat bilan o‘zgarayotgan xalqaro muhitda diplomatning o‘rni haqida fikr yuritish imkoniga ega bo‘ldilar.

    Ma’ruzaning interaktiv ruhda o‘tgani talabalarga nafaqat amaldagi diplomat bilan fikr almashish, balki tanqidiy fikrlash, xalqaro voqealarni tahlil qilish va o‘z nuqtai nazarini asosli bayon etish mahoratini namoyish etish imkonini berdi.

    Uchrashuv kasbiy muloqot uchun muhim maydon bo‘lib, talabalarning zamonaviy xalqaro munosabatlar, global chaqiriqlar va diplomatik faoliyatning amaliy jihatlari haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qildi.