JIDUda XXR Raisi Si Szinpin asarlarini o‘rganish va ommalashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

JIDUda XXR Raisi Si Szinpin asarlarini o‘rganish va ommalashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

    JIDUda XXR Raisi Si Szinpin asarlarini o‘rganish va ommalashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

    JIDUda XXR Raisi Si Szinpin asarlarini o‘rganish va ommalashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin asarlarini o‘rganish va ommalashtirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

    Tadbir talabalarning Xitoy taraqqiyotining zamonaviy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi akademik va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

    Dastur doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S. Safoyevning Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yuy Szyun bilan rasmiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, fan, akademik almashinuvlar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini, shuningdek, ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

    Muzokaralardan so‘ng tadbirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Universitet rahbariyati va Xitoy Xalq Respublikasi Elchisi tabrik nutqi bilan so‘zga chiqdilar. Ular o‘z nutqlarida O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarining yuksak darajada ekanini, ikki tomonlama sheriklik jadal rivojlanib borayotganini, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashda ta’lim, fan va madaniy muloqot muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

    XXR Raisi Si Szinpinning asarlarida aks etgan Xitoy taraqqiyotining zamonaviy konsepsiyalarini o‘rganish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, ushbu asarlar xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, siyosatshunoslik va diplomatiya sohasidagi talabalar, tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun qiziqish uyg‘otadi, zero ular zamonaviy Xitoyning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini chuqurroq anglash imkonini beradi.

    Tadbirning asosiy qismi Si Szinpinning ilg‘or g‘oyalari, tashabbuslari va asarlariga bag‘ishlangan mazmunli taqdimotni o‘z ichiga oldi. Taqdimot davomida ishtirokchilar Xitoyning davlat boshqaruvi, modernizatsiya, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xalqaro hamkorlik va insoniyatning yagona taqdiri hamjamiyatini barpo etish borasidagi asosiy yondashuvlari bilan tanishdilar.

    Shuningdek, talabalar uchun olingan bilimlarni mustahkamlash hamda Xitoy, uning tarixi, madaniyati, siyosiy tizimi va zamonaviy xalqaro jarayonlardagi o‘rnini o‘rganishga qiziqishni oshirishga qaratilgan interaktiv viktorina tashkil etildi. Talabalar viktorinada faol qatnashib, tadbir mavzusiga yuksak qiziqish bildirdilar va Xitoy–O‘zbekiston munosabatlarining rivojidan yaxshi xabardor ekanliklarini namoyish etdilar.

    Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Tashkilotchilar bunday tadbirlar talabalarning tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga, xalqaro dunyoqarashini kengaytirishga va zamonaviy global jarayonlarni chuqurroq anglashni shakllantirishga xizmat qilishini qayd etdilar.

    Mazkur tadbir fikr almashish, talabalarning Xitoyning zamonaviy siyosiy va iqtisodiy konsepsiyalari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining hamkor tuzilmalari o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.