JIDUda yadro huquqi bo‘yicha xalqaro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

JIDUda yadro huquqi bo‘yicha xalqaro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda yadro huquqi bo‘yicha xalqaro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda yadro huquqi bo‘yicha xalqaro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 17-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Introduction to Nuclear Law” mavzusida xalqaro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yadro energiyasidan foydalanishni tartibga solishning dolzarb xalqaro-huquqiy masalalari hamda global yadro xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlandi.

    Mazkur tadbir xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Timur Ibadullayev tomonidan yadro huquqi sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etildi.

    Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Abbosbek Adilov hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) Yadro va shartnoma huquqi bo‘limi yuridik maslahatchisi, Qonunchilikka ko‘maklashish dasturi rahbari Kristel Drillat ma’ruza qildilar.

    Interaktiv shaklda o‘tkazilgan mahorat darsi doirasida xalqaro yadro huquqining asosiy jihatlari, jumladan, yadro xavfsizligi, yadro materiallarining jismoniy himoyasi, yadro qurollarining tarqalmasligini ta’minlash kafolatlari hamda yadro zarariga nisbatan xalqaro-huquqiy javobgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, zamonaviy yadro huquqi tizimini shakllantiruvchi asosiy xalqaro shartnomalar, xususan, Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya hamda Yadro avariyalari haqida tezkor xabardor qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbir professor-o‘qituvchilar va talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar xalqaro yadro huquqining rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish hamda taklif etilgan ekspertlarga savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.