
Sankt-Peterburg davlat universiteti professorlari JIDU talabalariga ma’ruza qildi
Sankt-Peterburg davlat universiteti professorlari JIDU talabalariga ma’ruza qildi

Joriy yilning 29-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbDU) professorlari Yuriy Akimov va Kristina Minkova JIDU hamda SPbDU o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida “Rossiya zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida” o‘quv kursi bo‘yicha mahorat darsi o‘tdilar.
Rossiyalik olimlar “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 4-bosqich talabalariga “Zamonaviy jahon siyosatida submilliy ishtirokchilar: tahdid va imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza o‘qidilar.
Professor Yuriy Akimov o‘z ma’ruzasida zamonaviy xalqaro munosabatlar hamda Rossiya tashqi siyosatida submilliy subyektlar va paradiplomatiyaning o‘rni haqidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Munozaralar davomida talabalar paradiplomatiyani rivojlantirish, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi turish hamda boshqa davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.




