Mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

    Mahallalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda salbiy holatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

    Mazkur tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashabbusi bilan tegishli hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazildi. Unda universitetning XQMK va Yoshlar ishlari ofisi vakillari, M.Ulug‘bek tumanidagi 71-sonli umumta’lim maktabi jamoasi, “Yangi Olmachi” mahallasi fuqarolari yig‘ini faollari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Tadbirda Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi E. Sultanova, Yoshlar ishlari ofisi bosh mutaxassisi S. Tillaxodjayeva hamda universitetning “Lider qizlar” klubi a’zolari so‘zga chiqib, mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

    Tadbir davomida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Shu bilan birga, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, voyaga yetmaganlar o‘rtasida erta nikoh holatlarining oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish hamda oilalarda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

    Tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

    Yakunida 2026–2028-yillarda mazkur yo‘nalishlarda tizimli ishlarni tashkil etish, manzilli targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.