JIDU Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirish doirasida konssessiya shartnomalari hamda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalarga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 16-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro biznes huquqi” hamda “Xalqaro tijorat arbitraji va nizolarni hal etish” yo‘nalishlari bo‘yicha 1-bosqich magistrantlari uchun “Xalqaro tijorat bitimlari” fanidan “Konsessiya shartnomalari va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur mahorat darsi “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professori Imamova Dilfuza tomonidan tashkil etildi.

    Mahorat darsini otkazish uchun amaliyotchi, Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim ozgarishi boyicha milliy qomitasining yuristi Yunusov Dostonbek taklif etildi.

    Mahorat darsi davomida Yunusov Dostonbek konsessiya shartnomalari hamda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalarning o‘ziga xos jihatlarini batafsil yoritib berdi, shuningdek, ushbu shartnomalar bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazdi. U mazkur huquqiy mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, bu esa magistrkarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lash imkonini berdi.

    Magistrantlar muhokama etilayotgan mavzuga katta qiziqish bildirdilar, munozaralarda faol ishtirok etdilar, konsessiya shartnomalari va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalarning huquqiy tabiati hamda ularni amalga oshirish amaliyotiga oid savollar berdilar va mazmunli hamda asoslantirilgan javoblar oldilar.

    Mazkur mahorat darsining o‘tkazilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi 17-maqsad “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik”, xususan, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi 17.6-bandni amalga oshirishga bevosita xizmat qiladi. Natijada, mahorat darsi xalqaro tijorat bitimlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashinuvi va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashib, akademik muloqotni rivojlantirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga muhim hissa qo‘shdi.