
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib birgalikda — buyuk kelajak yaratamiz!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib birgalikda — buyuk kelajak yaratamiz!

Joriy yilning 17-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib birgalikda — buyuk kelajak yaratamiz!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida “Mustaqillik ne’mati — Vatan va ijod qadri” mavzusida O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Badiiy akademiyalari akademigi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti sovrindori Bahodir Jalolov hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Galina Melnikova va professor E’tibor Sultonova bilan samimiy va mazmunli suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida Mustaqillikning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, ijodkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlar, milliy san’at va madaniyatning rivoji, ma’naviy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.
Taniqli ijodkorlar o‘zlarining hayotiy va ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, san’at inson qalbi va tafakkurini yuksaltirish, Vatanga muhabbat tuyg‘usini mustahkamlash hamda milliy o‘zlikni anglashda muhim omil ekanini ta’kidladilar.
Ayniqsa, yoshlar bilan muloqot jarayonida ijodkorlik, izlanish, bilim va ma’naviy kamolotning inson hayotidagi o‘rni haqida qiziqarli fikrlar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga murojaat qilib, samimiy suhbatda faol ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning milliy tarix va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” hamda “Men Vatanni qanday ko‘raman?” mavzularidagi insholar va rasmlar tanlovi g’oliblari taqdirlandi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, milliy tarix va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga ruhlantirishga xizmat qildi.



