“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

    “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

    “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi hamda Besh muhim tashabbus markazi bilan birgalikda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i, adliya maslahatchisi Xudoyberdi Tursunbbekov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusufjonov, Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh.Shakirova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Sheraliyev, Xalqaro huquq fakulteti dekani U. Yakubxodjayev, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Sh.Arapov hamda JIDU professor-o‘qituvchilari va tyutorlar ishtirok etishdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i Xudoyberdi Tursunbekov taqdimot materiallari bilan ulashib: “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi global muammo hisoblangan mazkur illatga qarshi murosasiz kurashishning yangi bosqichni boshlab berganligi hamda korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga soladigan dahshatli illat ekanligi va mazkur illat demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining buzilishiga olib kelishi, islohotlarga to‘sqinlik qilishi, xalqning davlat hokimiyatiga va qonunlarning adolatliligiga bo‘lgan ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkinligi, bu esa o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyotini ortga surishga qodirligi to‘g‘risida ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tdi.

    “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan savollarga javob oldilar. Tadbir so‘ngida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari tomonidan “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida tayyorlangan videorolik namoyish etilib tadbirga yakun yasaldi.