JIDU rektori AQSH senatori bilan uchrashdi

JIDU rektori AQSH senatori bilan uchrashdi

    JIDU rektori AQSH senatori bilan uchrashdi

    JIDU rektori AQSH senatori bilan uchrashdi

    Parlament yuqori palatasida Senat Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev AQSH senatori, Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi Stiv Deyns bilan uchrashdi.

    Unda O‘zbekiston–AQSH strategik sherikligini yanada mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Stiv Deyns O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakatning barqaror rivojlanishini yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.

    Suhbat chog‘ida Markaziy Osiyoda transport va iqtisodiy bog‘liqlikni kuchaytirish, xususan, O‘rta koridorni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Senator O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim o‘rnini alohida taʼkidladi.

    Uchrashuv yakunida Stiv Deyns AQSH Kongressi Senatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini izchil davom ettirish muhimligini taʼkidlab, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirdi.