JIDU o‘qituvchisi “Zakovat” Oliy ligasi saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ingliz tili o‘qituvchisi Nodiraxon Turg‘unova “Zakovat” intellektual teleo‘yinining Oliy liga yozgi mavsum saralash bosqichida Bahodir Anorov sardorligidagi jamoa tarkibida ishtirok etdi.

    Saralash bosqichi doirasida jamoalar jami beshta o‘yinda o‘z bilim va mantiqiy fikrlash salohiyatini sinovdan o‘tkazmoqda. Mazkur bosqichning ikkinchi o‘yinida Bahodir Anorov jamoasi yuqori natija qayd etib, va-bank imkoniyatidan foydalanmagan holda 6:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

    Ushbu muvaffaqiyat jamoaning final bosqichiga yo‘l olish imkoniyatlarini yanada mustahkamladi. Intellektual bellashuv davomida jamoa a’zolari keng dunyoqarash, tezkor fikrlash, murakkab savollarni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish borasidagi mahoratini namoyish etdi. Ayniqsa, ishtirokchilarning ozaro hamjihatligi va har bir savolga puxta yondashuvi muvaffaqiyatli natijaga erishishda muhim omil boldi.

    Nodiraxon Turgunovaning ushbu nufuzli intellektual teleoyindagi ishtiroki JIDU professor-oqituvchilarining nafaqat pedagogik va ilmiy, balki intellektual salohiyati ham yuqori ekanini korsatadi.