JIDU professori tomonidan Shvetsiyaning Lund universitetida ma’ruza darslari tashkil etildi

JIDU professori tomonidan Shvetsiyaning Lund universitetida ma’ruza darslari tashkil etildi

    JIDU professori tomonidan Shvetsiyaning Lund universitetida ma’ruza darslari tashkil etildi

    JIDU professori tomonidan Shvetsiyaning Lund universitetida ma’ruza darslari tashkil etildi

    2026 yilning 5-6 may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori Nugman Nugmanovning Shvetsiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasiga “Lund University” tashriflari va ma’ruzalari tashkil etildi.

    5-may kuni professor N.A. Nugmanov Lund universitetining huquq sotsiologiyasi fakulteti talabalari uchun “Sun’iy intellektni xalqaro-huquqiy tartibga solish istiqbollari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada sun’iy intellektni xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari, BMTning Kiberjinoyatchilik bo‘yicha konvensiyasining global ahamiyati, axborot makonida yangi tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kiberxavfsizlikka ta'siri muhokama qilindi.  

    6-may kuni professor N.A. Nugmanov Lund universitetining huquq sotsiologiyasi fakulteti talabalari uchun “Xalqaro kiberterrorizmning huquqiy jihatlari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza kiberterrorizmga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari va xalqaro huquqiy mexanizmlariga bag‘ishlandi.

    7-8 may kunlari professor N.A. Nugmanov Lund universitetining huquq sotsiologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ular akademik hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar va nashrlar, shuningdek, qo‘shma ma’ruzalar tashkil etish bo‘yicha fikr almashdilar. Nugman Nugmanov tomonidan orttirilgan xalqaro ilmiy va akademik tajriba uning ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida, shuningdek, xalqaro huquq bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.

    Ma’lumot uchun: Lund universiteti Shvetsiyadagi yetakchi ko‘p tarmoqli universitet bo‘lib, dunyodagi eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi, QS World University Rankings reytingida 72-o‘rinni egallaydi. Mintaqaviy jihatdan u Yevropaning eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan.