
JIDUda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
JIDUda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 11-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, yuridik fanlar doktori Akmal Burxonov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Xususan, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, talabalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tashabbuslari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Akmal Burxonov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash, yoshlarning huquqiy savodxonligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishning ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida JIDU hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, agentlik mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
| Sana: | 12.06.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 68 |
| Ulashish: |



