
JIDU talabalari “Sport — sog‘liq garovi” shiori ostida Ekoparkga tashrif buyurdilar
JIDU talabalari “Sport — sog‘liq garovi” shiori ostida Ekoparkga tashrif buyurdilar

Joriy yilning 15-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti 2-bosqich talabalari nemis tili o‘qituvchisi Sultonova Umeda Istatovna hamrohligida “Sport — sog‘liq garovi” shiori ostida Ekoparkka tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar ochiq havoda faol vaqt o‘tkazib, asosan voleybol o‘ynadilar. Mazkur tashrif talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda jamoaviy hamkorlik va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, Ekoparkdagi hamrohlar ko‘tarinki kayfiyat va ijobiy taassurotlar ulashdi. Bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
| Sana: | 15.05.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 26 |
| Ulashish: |




