JIDUda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga sharh muhokama qilindi

JIDUda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga sharh muhokama qilindi

    JIDUda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga sharh muhokama qilindi

    JIDUda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga sharh muhokama qilindi

    Joriy yilning 2-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro huquq fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga bag‘ishlangan amaliy muhokama darsi tashkil etildi.

    Mashg‘ulot davomida talabalarga mazkur Qonunning asosiy qoidalari, huquqiy asoslari, tamoyillari hamda mediatsiya jarayonini amalga oshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, nizolarni muqobil hal etish usuli sifatida mediatsiyaning o‘rni, uning sudgacha va sud jarayonlaridagi ahamiyati hamda mediatsiya mexanizmlarining amaliy qo‘llanilishi yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.

    Muhokama davomida nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning afzalliklari, taraflar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashdagi mediatsiyaning roli, shuningdek, mediatsiyani huquqiy amaliyotga keng joriy etish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mediatsiya institutining zamonaviy huquq tizimidagi ahamiyati haqida amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

    Amaliy dars Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi o‘qituvchisi Solixa Abduraximova tomonidan olib borildi. Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining 16-Barqaror rivojlanish maqsadi — “Tinchlik, adolat va kuchli institutlar”, xususan, 16.3-bandda belgilangan qonun ustuvorligini ta’minlash va barcha uchun odil sudlovga erishish maqsadlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadi.