JIDU rektori Pokiston Islom Respublikasi Senati Raisining maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

JIDU rektori Pokiston Islom Respublikasi Senati Raisining maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU rektori Pokiston Islom Respublikasi Senati Raisining maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU rektori Pokiston Islom Respublikasi Senati Raisining maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Pokiston Islom Respublikasi Senati Raisining maslahatchisi Misbah Khar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi muloqot va amaliy hamkorlik ikki tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashning muhim omili ekani alohida ta’kidlandi.

    Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni parlament diplomatiyasi vositalari orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Xususan, hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar faoliyatini faollashtirish, tegishli qo‘mitalar o‘rtasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida tajriba almashish, shuningdek, xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratildi.

    Shu bilan birga, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik aloqalarni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Tomonlar parlament diplomatiyasining zamonaviy mexanizmlarini keng joriy etish, yoshlar va xotin-qizlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, gumanitar va ta’lim yo‘nalishidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.