
JIDUda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidagi asosiy yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar bo‘yicha metodologik seminar o‘tkazildi
JIDUda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidagi asosiy yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar bo‘yicha metodologik seminar o‘tkazildi

2026-yil 23-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi va undan kelib chiqadigan asosiy muhim vazifalar” mavzusiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.
Ilmiy-amaliy seminarda JIDU rahbariyati va professor-oʻqituvchilari, Akademik Kengash aʻzolari hamda Universitetning akademik boʻlimlari xodimlari qatnashdilar.
Metodologik kengash yigʻilishining asosiy qismida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Birinchi oʻrinbosari, JIDU Rektori S.S. Safoyev soʻzga chiqdi. So’z boshida dasturiy hujjatning mazmun-mohiyati, mamlakatning raqobatli ustunliklari, izchil islohotlar va belgilangan taraqqiyot maqsadlarning uyg’unligi, yangi yondashuvlar va ijtimoiy davlatning barpo etilishi/yuksalishi falsafasiga e’tibor qaratildi. Seminarda Oʻzbekiston Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida qayd etilgan bozor munosabatlarining kengaytirilishi, ijtimoiy himoyaning mustahkamlanishi, qonun ustuvorligi taʻminlanishi, global ishlab chiqarish zanjirlarida davom etayotgan uzilishlar va iqtisodiy manfaatlar toʻqnashuvi sharoitida barqaror iqtisodiy oʻsishni saqlab qolinishi, yuqori yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichlariga erishish, xorijiy investitsiyalarning oʻsishi va shubhasiz xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilayotgan Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi raqobatbardoshlik koʻrsatkichlarining mustahkamlanishi kabi erishilgan va amalga oshirilayotgan islohotlarning aniq amaliy natijalari belgilab berildii.
Uzoq muddatli strategik maqsadlaridan Prezidentning Murojaatnomasida bayon etilganidek, 2026-yilda Oʻzbekiston taraqqiyotining dasturiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: 1. mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash; 2. iqtisodiyotni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish; 3. ichki bozorda talabni ragʻbatlantirish; 4. kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish; 5. ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish; va 6. zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud- huquq tizimi borasidagi islohotlarni davom ettirish.
Oʻzbekistonning ochiq va faol tashqi siyosati natijalari, kun tartibdagi ustivor yoʻnalishlardan boʻlmish Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, murakkab geosiyosiy vaziyat sharoitida barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni oʻrnatishga bagʻishlangan masalalar seminarda muhokama qilindi.
Shuningdek seminar davomida, Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 2026-yil 13-yanvarda Xavfsizlik Kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishida bayon etilgan masalalar ham ko'rib chiqildi. Xususan, mudofaa sanoati salohiyatini mustahkamlash, harbiy tayyorgarlik tizimini tubdan yangilash, uchuvchisiz uchish apparatlari bo’linmalari va maxsus o’quv markazlarini yaratish va mustahkamlash hamda armiyani raqamlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning natijalari ta’kidlab o’tildi.
Shuningdek, 2026-yil 15-yanvarda O'zbekiston Prezidenti raisligida bo'lib o'tgan Tashqi ishlar vazirligi va O'zbekiston diplomatik vakolatxonalari faoliyatini yangilashdagi dolzarb muammolarga bagʻishlangan videoselektor yigʻlishidagi belgilangan masalalar ham Metodologik seminarda alohida ko’rib chiqildi. Ustuvor maqsadlar qatoriga iqtisodiy diplomatiyani mustahkamlash va uning eksport va investitsiyalar dinamikasi hamda hajmiga boʻlgan ta'siri kiradi. Seminarda diplomatik kadrlarni qayta tayyorlash tizimi, tahlil qilish ko’nikmalarini takomillashtirish, xalqaro vaziyatlarni strategik tahlil qilishni takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Yigʻlishning yakuniy qismida ishtirokchilar diplomatik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish bo’yicha tegishli fikrlar, g’oyalar va takliflar bilan o‘rtoqlashdilar.




