
JIDU 2- va 3-bosqich talabalari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
JIDU 2- va 3-bosqich talabalari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

2026-yilning 3-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) 2- va 3-bosqich talabalari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi. Ushbu o‘quv ekskursiyasi universitetning Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
Tashrif tashabbuskori va rahbari arab tili o‘qituvchisi Nigora Azimova bo‘ldi.
Mazkur tashabbus bo‘lajak diplomat va iqtisodchilarning islom olamining ilmiy-madaniy poydevoriga chuqur kirib borishi orqali kasbiy dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan. Asl osori-atiqalar va noyob qo‘lyozmalar bilan tanishish talabalarga sharq tillari bo‘yicha nazariy bilimlarini jonli tarixiy kontekst bilan uyg‘unlashtirish imkonini berdi. Tashrif doirasida talabalar islom olamining buyuk allomalari, ularning ilmiy merosi hamda Sharq Renessansi davrining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi. Markaz mutaxassislarining qiziqarli sharh va izohlari ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
Ushbu ma’rifiy tadbir talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash barobarida ularning tarixiy va madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirishga ham hissa qo‘shdi.



