Arab publitsistikasi tarjimasining nozik jihatlari: TDSHU ekspertidan JIDU talabalari uchun mahorat darsi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Sharq tillari kafedrasi tomonidan “Gazeta maqolalarini arab tiliga tarjima qilish xususiyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy mahorat darsi tashkil etildi.

    Mahorat darsi arab tilidagi gazeta-publitsistik matnlar tarjimasining o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlandi.

    Unda taklif etilgan ekspert sifatida filologiya fanlari nomzodi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Arabshunoslik” oliy maktabi katta o‘qituvchisi Rustamov Abdulaziz Ergashovich ishtirok etdi.

    Mahorat darsida Xalqaro munosabatlar fakultetining 3-bosqich talabalari tinglovchi sifatida qatnashdi. Talabalar arab matbuoti bilan ishlash nozikliklariga chuqur kirishib, siyosiy va iqtisodiy mavzudagi matnlarni tarjima qilish sirlarini o‘rgandilar.

    Interfaol savol-javob shakli talabalarga olingan bilimlarni mustahkamlashga va kasbiy nozikliklarni taklif etilgan ekspert bilan batafsil muhokama qilishga imkon berdi.

    Sharq tillari kafedrasi tomonidan bu kabi uchrashuvlarning tashkil etilishi bo‘lajak xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini chuqur mustahkamlashga va ularning sharq tillari sohasidagi malakasini oshirishga xizmat qiladi.