JIDUda TOEFL iBT bo‘yicha mehmon ma’ruzasi o‘tkazildi

JIDUda TOEFL iBT bo‘yicha mehmon ma’ruzasi o‘tkazildi

    JIDUda TOEFL iBT bo‘yicha mehmon ma’ruzasi o‘tkazildi

    JIDUda TOEFL iBT bo‘yicha mehmon ma’ruzasi o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Ingliz tili kafedrasi tomonidan tashkil etilgan maxsus mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Unda Top Score markazi asoschisi hamda O‘zbekistondagi ETS Global rasmiy hamkori Dilmurod Sharifov ishtirok etdi.

    Tadbir davomida Dilmurod Sharifov Top Score markazining faoliyati hamda ETS Global bilan hamkorligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u TOEFL iBT imtihonining tuzilishi, asosiy qismlari va joriy yilda kiritilgan yangilanishlar haqida keng tushuntirish berdi.

    Ma’ruza davomida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni, baholash tizimi hamda yuqori ball olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham yoritildi. Talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

    Tadbir yakunida interaktiv o‘yin tashkil etildi. Unda faol va omadli talabalar maxsus sovg‘alar hamda TOEFL tayyorlov kurslari uchun vaucher sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

    Mazkur tadbir talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, shuningdek, xalqaro test tizimlari haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etdi.