Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti modelining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti modelining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti modelining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti modelining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 12-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida an’anaviy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli – UWED MUNning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar, Koreya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon, UNICEFning O'zbekistondagi vakili Regina Maria Castillo, Tashqi ishlar vazirligi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Laziz Karayev hamda JIDU professor- o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlarning zamonaviy diplomatiya jarayonlaridagi faol o‘rni, ularning global muammolarni hal qilishga qo‘shayotgan hissasi va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi munosib avlodi sifatidagi mas’uliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

    Marosim davomida bir qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari ham nutq so‘zladilar. Jumladan, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Won Do Yeon, UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Regina Maria Castillo, Yevropa Ittifoqining (YI) O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Toivo Klaar yoshlarning global chaqiriqlarga qarshi kurashdagi roli, ularning iqlim o‘zgarishi, inson huquqlari, barqaror taraqqiyot va xalqaro tinchlikni mustahkamlash yo‘lidagi hissasi haqida so‘z yuritdilar.

    Marosimning navbatdagi qismida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Laziz Karayev O‘zbekiston va BMT munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘z nutqida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YuNESKOning 43-Bosh konferensiyasi yurtimiz diplomatiyasining so‘nggi yillardagi eng katta yutuqlaridan biri bo‘lganini ma’lum qildi.

    Shuningdek, tadbir davomida UWED MUN konferensiyasi tashkilotchilari ham so‘zga chiqib,  yoshlarning global jarayonlarda faol ishtiroki, ularning kreativ fikrlashi va mas’uliyatli pozitsiyasi bugungi xalqaro hamkorlikning eng muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylanganini ta’kidlab, delegatlarni muloqot, hamjihatlik va amaliy yechimlar sari qat’iyat bilan intilishga chorladı.

    Ma’lumot uchun: UWED MUN konferensiyasi o‘z faoliyatini 2005-yildan buyon olib borayapti. Bu yilgi konferensiya nafaqat klubning 20-yillik tarixiy shodiyonasi balki BMTning 80-yilligiga bag‘ishlanganligi bilan ham ajralib turadi. 10dan ortiq yurtimizning nufuzli OTM va maktab-litseylaridan tashrif buyurgan 350 nafar delegatlar “Muloqotdan amaliyotga: Bo‘linish davrida yoshlar ovozi orqali global boshqaruvni qayta talqin qilish” mavzusi ostida birlashdi.