JIDU talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro munosabatlar fakulteti, Siyosatshunoslik yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi.

    Tashrif davomida talabalar mamlakatimizda qonun ijodkorligi jarayoni, deputatlarning faoliyati hamda parlament tizimining ishlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, yoshlarga davlat boshqaruvida faol ishtirok etish, huquqiy bilimlarni oshirish va siyosiy madaniyatni shakllantirish borasida muhim tavsiyalar berildi.

    Mazkur tashrif talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, siyosiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.