Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

    Rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Gumanitar va ijtimoiy fanlar maktabi dekani, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent M.M. Xamdamov tomonidan XIM 3-bosqich talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuv davomida talabalarga iqtisodiyot sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, zamonaviy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari, raqobatbardosh kadr bo‘lish omillari hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

    Shuningdek, amaliyot o‘tash jarayonining ahamiyati yoritilib, uni samarali tashkil etish, jamoada ishlash, ish hujjatlari bilan ishlash hamda rahbariyat topshiriqlarini mas’uliyat bilan bajarish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalarda tahliliy fikrlash, muammolarni hal etish va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

    Uchrashuv yakunida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, xorijiy tillarni o‘rganish va xalqaro tajribani o‘zlashtirishning ahamiyati ta’kidlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mutaxassis bilan ochiq muloqot olib bordilar. Mazkur tadbir ularning kasbiy rivoji va kelajakdagi faoliyatiga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.