
JIDU Akademik litsey qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
JIDU Akademik litsey qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) akademik litseyida O‘zbekiston va Finlyandiya ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ta’lim loyihasi JIDU akademik litseyi, Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti (Karelia University of Applied Sciences) hamda Xalqaro Nordik universiteti (International Nordic University) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Tadbir 2026-yil bitiruvchilarining erishgan yutuqlarini e’tirof etish va ularga kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilash maqsadida tashkil etildi.
Tantanali tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, Xalqaro Nordik universiteti rektori Shavkat Mustafakulov, shuningdek, akademik litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Qo‘shma dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan 77 nafar o‘quvchiga qo‘shma ta’lim dasturi sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi. Bitiruvchilar ikki mamlakat ta’lim tizimining ilg‘or tajribasini o‘zlashtirib, xorijiy hamkor universitetlarning o‘quv dasturlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Ushbu sertifikat keyingi o‘qish va ish faoliyatida xalqaro darajada tan olinadi.




