JIDU talabalari “Milliy mahsulot reklamasi kuni” ta’lim loyihasini amalga oshirdi

JIDU talabalari “Milliy mahsulot reklamasi kuni” ta’lim loyihasini amalga oshirdi

    JIDU talabalari “Milliy mahsulot reklamasi kuni” ta’lim loyihasini amalga oshirdi

    JIDU talabalari “Milliy mahsulot reklamasi kuni” ta’lim loyihasini amalga oshirdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili kafedrasi tomonidan “Milliy mahsulotlarni reklama qilish kuni” yillik o‘quv loyihasi o‘tkazildi. Tadbir birinchi kurs talabalari, o‘qituvchilari va taklif etilgan mehmonlarni birlashtirdi.

    Tadbir davomida talabalar o‘zlarining milliy madaniyatimizni aks ettiruvchi plakat va buyumlarini yani “Milliy yangi yil archasi”, “Milliy shirinliklar”, “Milliy burger”, “Milliy sharbat” va “Milliy onlayn oʻyin”, “Milliy zargarlik buyumlari” va hokazo mavzular bo’yicha taqdim etdilar. Har bir guruh oʻz mahsulotining logotipi, shiori haqida maʼruza qildi va soʻng oʻz xulosalarini ingliz tilida taqdim etdi.

    BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, ayniqsa, SDG 17 “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” dasturini amalga oshirishga yoshlarning qo‘shayotgan hissasiga alohida e’tibor qaratildi.  Talabalar o‘z mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha o’ziga xos dizayn yaratdilar va amaliy takliflar berib, asoslab berdilar.

    Tadbir mehmonlari ishtirokchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligi, taqdim etilayotgan g‘oyalar xilma-xilligi va madaniy ongli avlodni shakllantirishda bunday tashabbuslar muhimligini ta’kidladilar. “Milliy mahsulotlarni reklama qilish kuni” nafaqat bilim almashish maydonchasi, balki talabalarning xalqaro muloqotga vatanparvarlik ruhida ta’sir ko‘rsatishining ilhomlantiruvchi namunasiga aylandi.