Kelajak diplomatlari bilan yuzma-yuz: Fakultet dekani va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Kelajak diplomatlari bilan yuzma-yuz: Fakultet dekani va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

    Kelajak diplomatlari bilan yuzma-yuz: Fakultet dekani va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

    Kelajak diplomatlari bilan yuzma-yuz: Fakultet dekani va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetida 2-bosqich talabalari ishtirokida “Kelajak diplomatlari bilan yuzma-yuz” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu tadbir universitet rahbariyati va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch ko‘prigini mustahkamlash hamda yoshlarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan daxldorlik hissini oshirishga xizmat qildi.

    Suhbat davomida fakultet dekani M. Abdullayeva universitetda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish va talabalar uchun ochilayotgan yangi ufqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, talabalarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan innovatsion loyihalar, xorijiy hamkor oliygohlar bilan yo‘lga qo‘yilgan amaliyot dasturlari hamda universitetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishning afzalliklari batafsil muhokama qilindi. M. Abdullayeva o‘z nutqida bugungi kun diplomatidan nafaqat chuqur nazariy bilim, balki kreativ fikrlash va tashabbuskorlik ham talab etilishini, universitetda joriy etilayotgan har bir yangi loyiha bevosita yoshlarning professional kamoloti uchun xizmat qilishini ta’kidladi.

    Uchrashuvning savol-javob qismi talabalarning faolligi va kreativ g‘oyalarga boyligi bilan ajralib turdi. Bo‘lajak mutaxassislar o‘quv dasturlarini yanada boyitish, universitet miqyosidagi intellektual musobaqalarni ko‘paytirish va talabalar klublari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Har bir fikr va mulohaza fakultet rahbariyati tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni kelgusida amaliyotga tatbiq etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

    Bunday samimiy va ochiq muloqot formatidagi uchrashuvlar talabalarning nafaqat bugungi kundagi faoliyatini, balki diplomatik sohadagi kelgusi muvaffaqiyatlarini ta’minlashda muhim poydevor bo‘lishi shubhasiz.