E’lon

E’lon

    E’lon

    E’lon

    Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!

    Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriat va magistratura talabalari oʻrtasida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Biz yoshlar – korrupsiyaga qarshimiz” nomli esselar tanloviga kelib tushgan barcha ishlar koʻrib chiqildi va eng munosiblari sovringa loyiq deb topildi.

    E’tiboringizga universitet talabalari o‘rtasida tashkil etilgan esselar tanlovi g‘oliblarini havola etamiz:

    1-o‘rin – Abduraximov A’zam Abdurasul oʻgʻli, Tashqi-iqtisodiy faoliyat magistranti;

    2-o‘rin – Abdunazarova Sarvinoz Azamat qizi, Xalqaro huquq fakulteti 2-bosqich talabasi;

    3-o‘rin – Norqulov Ogʻabek Sharofiddin oʻgʻli, Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi.

    Eslatib oʻtamiz, tanlov g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

    Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.