DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy tinglovchilari uchun «Harbiy diplomatiya va Diplomatik protokol va etiket» mavzusida Master-klass tashkil etildi

    Joriy yilning 13-fevral kuni JIDU Siyosatshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Maratova Xurliman Baxtiyar qizi ishtirokida DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy tinglovchilari uchun «Harbiy diplomatiya va diplomatik protokol hamda etiket» mavzusida master-klass tashkil etildi. Mazkur tadbir harbiy sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, rasmiy uchrashuv va muzokaralarni yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, diplomatik muomala madaniyatini shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi.

    Master-klass davomida tinglovchilarga harbiy diplomatiyaning mazmun-mohiyati, uning davlatlararo munosabatlardagi o‘rni, zamonaviy tahdidlar sharoitida harbiy diplomatiyaning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, diplomatik protokol qoidalari, rasmiy marosimlarni o‘tkazish tartibi, xizmat etikasi va xalqaro etiket normalari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Tadbir interaktiv ruhda o‘tkazilib, tinglovchilar ishtirokida turli vaziyatli mashqlar, muzokara jarayonlari va rasmiy qabul marosimlari ssenariylari muhokama qilindi. Bu esa ularning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga xizmat qildi.

    Master-klass yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda kelgusidagi xizmat faoliyatlarida diplomatik protokol va etiket qoidalariga qat’iy rioya etish muhimligi alohida ta’kidlandi. Mazkur tadbir yosh harbiylarning yetuk, keng dunyoqarashli hamda yuksak muomala madaniyatiga ega kadrlar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.