JIDUda Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi ma’ruza qildi

JIDUda Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi ma’ruza qildi

    JIDUda Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi ma’ruza qildi

    JIDUda Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi ma’ruza qildi

    2026-yil 25-mart kuni “Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” kursi doirasida Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutash tomonidan “The Situation in the Middle East. Strategic Cooperation Between Uzbekistan and Turkiye in Countering Threats and Ensuring Regional Stability” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.

    Ma’ruza davomida elchi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollariga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy yaqinlik, o‘zaro mushtarak manfaatlar, davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi yuksak darajadagi ishonch va anglashuv strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.

    Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunda ramziy yoki epizodik tusda emas, balki izchil va institutsionallashgan asosda rivojlanmoqda. Ikki davlat ham iqtisodiy aloqalarni ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘radi. Xususan, Turkiya biznesining O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy makonidagi faol ishtiroki bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

    Shu bilan birga, ma’ruzada transport-logistika masalalariga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekistonning dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan davlat ekani, Turkiyaning esa dengiz transportidan keng foydalanishi ayrim masalalarda o‘ziga xos chaqiriqlarni yuzaga keltirishi qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, mintaqaviy bog‘liqlik loyihalari va yanada keng iqtisodiy makonlarni shakllantirish tashabbuslari alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

    Tadbir yakunida Ufuk Ulutash talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdi.