
JIDU talabalari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdilar
JIDU talabalari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdilar

Joriy yilning 26-mart kuni JIDU xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti birinchi bosqich talabalari “Maska” to‘garagi rahbari Atabekova Amina va “Reading John Grisham” to‘garagi rahbari Voxidova Nargiza bilan birga Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdilar. Mazkur teatr O‘zbekistonning muhim madaniy markazlaridan biri sifatida e’tirof etilib, unda milliy va jahon sahna san’atining eng sara namunalaridan bo‘lgan spektakllar muntazam ravishda namoyish etiladi.
Tomosha boshlanishidan avval talabalarga teatrning tashkil topish tarixi, uning milliy madaniyat rivojidagi o‘rni hamda teatr repertuarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Opera solistlari tomonidan ijro etilgan konsert talabalarda chuqur taassurot qoldirdi. Sahna bezagi, liboslar dizayni hamda ijrochilarning yuksak professional mahorati talabalarda katta qiziqish va hayrat uyg‘otdi.
Aksariyat talabalar uchun mazkur tashrif ilk teatr tajribasi bo‘lib, ular sahna san’ati vakillarining professional darajasini yuqori baholadilar. Ushbu madaniy tadbir talabalarning estetik didini shakllantirishga xizmat qilib, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda madaniy saviyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
| Sana: | 26.03.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 79 |
| Ulashish: |




