
JIDU talabasi Fransiyada Navro‘z haqida intervyu berdi
JIDU talabasi Fransiyada Navro‘z haqida intervyu berdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi Dinara Ishbaeva Fransiyaning A.S.I.E tashkiloti tomonidan taqdim etilgan Service civique dasturi g‘olibi sifatida ayni paytda Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.
U ekologiya, ochlikka barham berish va tengsizlikni kamaytirish kabi yo‘nalishlarda ko‘rgazmalar tayyorlash bilan birga, o‘zbek milliy madaniyati va an’analarini fransuz jamoatchiligiga targ‘ib qilib kelmoqda.
Shuningdek, Dinara Ishbaeva “Radio France (RCF)” radiokanaliga bergan intervyusida O‘zbekistonda nishonlanadigan Navro‘z bayramining tarixi, urf-odatlari va uning mehr-oqibat, ezgulik hamda hamjihatlikni targ‘ib etuvchi mohiyati haqida so‘zlab berdi. Ushbu suhbatmi quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
https://www.rcf.fr/ecologie-et-solidarite/ensemble-cest-tous?episode=665848
https://www.asso-asie.org/category/communication/partenariat-rcf/



