JIDUda “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!” mavzusida konferensiya tashkil qilindi

JIDUda “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!” mavzusida konferensiya tashkil qilindi

    JIDUda “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!” mavzusida konferensiya tashkil qilindi

    JIDUda “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!” mavzusida konferensiya tashkil qilindi

    Joriy yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi “16 kunlik faol harakatlar” doirasida “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusida keng miqyosli konferensiya tashkil etildi. Tadbirda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, oliy ta’lim muassasalari, ijtimoiy himoya tizimi vakillari, professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda talabalar ishtirok etdi.

    Konferensiyada Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi rahbari o‘rinbosari, Bosh prokuratura vakillari, TIV Konsullik-huquqiy departamenti mas’ullari, Ichki ishlar bosh boshqarmasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutasaddisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligining ayollar reabilitatsiyasi bo‘yicha Respublika markazi vakillari, shuningdek TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi kabi nufuzli mehmonlarning ishtiroki anjuman mazmunini yanada boyitdi.

    Tadbir davomida raqamli makonda ayollar va qizlarga nisbatan uchrayotgan kiberzo‘ravonlik, tazyiq, tahdid, shaxsiy ma’lumotlarning tarqatilishi, internet orqali psixologik bosim kabi muammolar chuqur muhokama qilindi. Mehmonlar o‘z chiqishlarida bunday holatlarning ijtimoiy xavfliligi, ularning oldini olishda davlat idoralari, ta’lim muassasalari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi muhimligini ta’kidladilar.

    Shuningdek, ayollarning raqamli savodxonligini oshirish, xavfsiz raqamli makon yaratish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Konferensiya jarayonida ekspertlar o‘rtasida fikr almashinuvi va yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar shakllandi.

    Mazkur tadbir ayollar va qizlarni himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash, raqamli makonda zo‘ravonlikka qarshi samarali yondashuvlarni shakllantirish va jamiyatda bu boradagi ongni oshirishga xizmat qildi.