Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida sud protsessiga bag‘ishlangan mahorat darsi

Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida sud protsessiga bag‘ishlangan mahorat darsi

    Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida sud protsessiga bag‘ishlangan mahorat darsi

    Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida sud protsessiga bag‘ishlangan mahorat darsi

    Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida va talabalarning fuqarolik va iqtisodiy protsessual huquq bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida joriy yil 12-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mahorat darsi o‘tkazildi.

    Darsda “Capstone and Legal Partners” advokatlik firmasi sherigi, advokat Og‘abek Nodirbek o‘g‘li Tohirxonov, shuningdek, Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlarikafedrasi o‘qituvchisi Shohrux Umirzoqov hamda Xalqaro huquq” fakultetining 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.

    Advokat Og‘abek Tohirxonov fuqarolik va iqtisodiy protsessual huquq doirasida sudlovga tegishlilik masalalari, shuningdek, da`vo arizasini tayyorlash va uni elektron topshirish kabi masalalar bilan tanishtirib, sohadagi o`zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

    Talabalar muhokama qilingan mavzularga katta qiziqish bildirib, da`vo arizasini tayyorlashda protsessual muddatlar, shuningdek, sud tomonidan tashkil etilgan elektron platformalarning o`ziga hos jihatlari bo‘yicha turli savollar berib, mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar.

    Ushbu mahorat darsi Barqaror rivojlanishning 16-maqsadi – “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish”, xususan, 16.3 band – “Qonun ustuvorligiga koʻmaklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish boʻyicha teng imkoniyatlarni taʼminlash” va 16.7 band – “Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish”  tamoyillariga mos keladi.

    Mazkur mahorat darsi talabalarning fuqarolik va iqtisodiy protsessual huquq doirasida bilimlarni shakllantirishga, talabalarning zamonaviy huquqiy amaliyotlarga tayyorlashga va ularni barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynashga yordam beradi.