JIDUda “Сhet tili darslarida yangi interaktiv metodlardan foydalanish” mavzusiga bagʻishlangan metod seminar tashkil etildi

JIDUda “Сhet tili darslarida yangi interaktiv metodlardan foydalanish” mavzusiga bagʻishlangan metod seminar tashkil etildi

    JIDUda “Сhet tili darslarida yangi interaktiv metodlardan foydalanish” mavzusiga bagʻishlangan metod seminar tashkil etildi

    JIDUda “Сhet tili darslarida yangi interaktiv metodlardan foydalanish” mavzusiga bagʻishlangan metod seminar tashkil etildi

    Joriy yilning 10-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Yevropa va turkiy tillar” kafedrasi nemis tili oʻqituvchilari Sh.M. Abdugʻaniyeva va U.I. Sultonovalar tomonidan “Chet tili darslarida yangi interaktiv metodlardan foydalanish (Yevropa universitetlari tajribasi asosida)” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Mahorat darsida kafedra mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mamatqosimova Vasila Akramjonovna hamda kafedra oʻqituvchilari, shuningdek, Kirklareli universiteti dotsenti Yasin Yayla, Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 112-maktab nemis tili oʻqituvchisi K.Q. Istamova, JIDU akademik litseyi nemis tili fani oʻqituvchisi, Germaniya qoʻshma taʼlim dasturi koordinatori N.D. Zakirovalar ishtirok etdilar.

    Bugungi kunda taʼlim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, chet tillarini oʻqitishda talabalarning faolligini oshirish, ularning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish hamda dars jarayonini qiziqarli tashkil etishda interaktiv metodlar keng qoʻllanilmoqda.

    Mahorat darsining maqsadi – interaktiv metodlar orqali oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi faol hamkorlikni taʼminlashdan iborat. Bunday metodlar yordamida talabalar dars jarayonida faol ishtirok etadi, oʻz fikrlarini erkin ifodalaydi va bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga ega boʻladi.

    Mahorat darsi davomida ishtirokchilar tomonidan “Ijodiy va harakatli diktant”, “Rol oʻyinlari”, “Hikoyani davom ettirish”, “Grammatik mavzuga oid ijodiy diktant yozish”, “Kometalar uchishi”, “Harflar fantaziyasi” kabi interaktiv metodlar taqdim etildi. Ushbu metodlar talabalarning mustaqil fikrlashini, muloqot madaniyatini va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

    Shuningdek, zamonaviy taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalarning oʻrni alohida ahamiyatga ega. Yevropa universitetlarida chet tili darslarida Gimkit, Wordwall, Kahoot kabi onlayn platformalar orqali interaktiv oʻyinlar tashkil etilmoqda. Mazkur platformalar yordamida talabalarning bilimlarini mustahkamlash, lugʻat boyligini oshirish va dars jarayonini yanada qiziqarli qilish imkoniyati yaratiladi.

    Mahorat darsi soʻngida chet tili darslarida interaktiv metodlardan foydalanish taʼlim samaradorligini sezilarli darajada oshirishi qayd etildi. Yevropa universitetlari tajribasi shuni koʻrsatadiki, zamonaviy interaktiv metodlar va onlayn oʻyinlardan foydalanish talabalarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Shu bois chet tilini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar hamda raqamli platformalardan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega.