“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash” hamda “Inson qadri va huquqlari – taraqqiyot poydevori” mavzularida seminar-trening tashkil etildi

    Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, inson huquqlariga hurmat ruhini kuchaytirish hamda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash” hamda “Inson qadri va huquqlari – taraqqiyot poydevori” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.

    Tadbir mehmoni sifatida Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich – Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi ishtirok etdi. Mehmon o‘z nutqida bugungi globallashuv davrida ma’rifatning beqiyos ahamiyati, yoshlarni turli zararli g‘oya va oqimlardan asrash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Ta’kidlanganidek, jaholat – bilimsizlik, loqaydlik va befarqlik oqibati bo‘lib, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’rifat esa inson tafakkurini yuksaltiradi, ongini boyitadi va uni ezgu maqsadlar sari yetaklaydi. Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va barqaror taraqqiyot ta’minlanadi.

    Seminar davomida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, savol-javoblar tashkil etildi hamda mavzu yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

    Mazkur tadbir yoshlar ongida ma’rifatning ahamiyatini yanada mustahkamlash, ularning huquqiy madaniyatini oshirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.