
JIDU talabalari uchun O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida amaliy mashg’ulot tashkil etildi
JIDU talabalari uchun O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida amaliy mashg’ulot tashkil etildi

2026-yil 11-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Magistratura bosqichining “Davlat boshqaruvi” yo‘nalishi talabalari uchun “Markaziy Osiyoda milliy o‘zlikni anglash: istiqlol va zamonaviy davlatchilik g‘oyalari” fani doirasida O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida mashg’ulot tashkil etildi.
Mashg’ulot “Siyosatshunoslik” kafedrasining v.b.dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori Muslimbek Alijonov rahbarligida o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talabalar muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, Turkiston jadidlarining XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy qarashlari, ularning davlatchilik g’oyalari hamda milliy davlatchiligimiz tarixida yorqin qiz qoldirgan Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi bilan bog‘liq jarayonlar xususida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Muzey ekspozitsiyasi bilan tanishish jarayonida egallangan bilimlar magistrantlarning tarixiy tafakkurini kengaytirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.




