“Project Management: What & Why It Matters in Practice” mavzusida professional rivojlanish sessiyasi o‘tkazildi

    2026-yil 21-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Project Management: What & Why It Matters in Practice” mavzusida professional rivojlanish sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

    Mazkur tadbir talabalarda zamonaviy loyiha boshqaruvi tamoyillari hamda ularning real biznes muhitidagi amaliy qo‘llanilishi yuzasidan tizimli va chuqur tushuncha shakllantirishga qaratildi.

    Ma'ruzada Davlatmurod Kuziyev, Ayubxon Nigmonxujayev va Mavjudaxon Botirova ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar. Ular loyiha boshqaruvining asosiy tushunchalari, loyihaning hayotiy sikli, zamonaviy metodologiyalar va amaliyotda uchraydigan muammolar haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, real biznes tajribasiga asoslangan amaliy misollar taqdim etildi, loyiha boshqaruvi vositalarining amaliy ahamiyati ochib berildi hamda Project Management Institute (PMI) tomonidan beriladigan xalqaro darajadagi PMP® sertifikatining kasbiy rivojlanishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

    Bundan tashqari, talabalar xalqaro imkoniyatlar, stajirovkalar va global tashabbuslarda, jumladan Global Shapers Tashkent Hub faoliyati doirasida ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.

    Sessiya davomida talabalar karyera yo‘nalishlarini belgilash, stajirovka topish va mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va kompetensiyalar yuzasidan amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.