JIDU va Glazgo universiteti o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

JIDU va Glazgo universiteti o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

    JIDU va Glazgo universiteti o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

    JIDU va Glazgo universiteti o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

    2025-yil 14–15-sentabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri - Glazgo universiteti Huquq maktabi vakillari, professor Marco Goldoni va Akbar Rasulov rasmiy tashrif bilan keldi.

    Tashrif doirasida 14-sentabr kuni JIDU rektori Sodiq Safoyev hamda professor Marco Goldoni o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqilayotgan Xalqaro huquq yo‘nalishidagi qo‘shma magistratura dasturining konsepsiyasi, amalga oshirish bosqichlari va kelgusidagi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdilar.

    15-sentabr kuni esa JIDUda akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Umarov, fakultet dekanlari va xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’ullar ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Glazgo universiteti bilan hamkorlik doirasida rejalashtirilgan qo‘shma magistratura dasturi keng muhokama qilindi.

    Shuningdek, JIDU birinchi prorektori Akram Umarov Glazgo universiteti professorlarini JIDUda qisqa muddatli darslar o‘tishga taklif etdi. Ushbu tashabbus mehmonlar tomonidan iliq kutib olindi.

    Tashrif doirasida Glazgo huquq maktabi faoliyati, qo‘shma dastur imkoniyatlari va ta’lim jarayoni yuzasidan talabalarga maxsus taqdimot ham o‘tkazildi. Talabalar o‘qish jarayoni, saralash mezonlari, moddiy ko‘mak va stipendiyalar borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

    Tashrif yakunida professor Marco Goldoni JIDU va Glazgo universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini e’tirof etdi va hamkorlik istiqbollari borasida yuqori ishonch bildirdi.