Ernst & Young Career Launch Day: People Advisory Services bilan tanishuv

Ernst & Young Career Launch Day: People Advisory Services bilan tanishuv

    Ernst & Young Career Launch Day: People Advisory Services bilan tanishuv

    Ernst & Young Career Launch Day: People Advisory Services bilan tanishuv

    2026-yil 5-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida EY Uzbekistan bilan hamkorlikda EY Career Launch Day: PAS (People Advisory Services) mavzusida ma’ruza tashkil etildi.

    Tadbir universitetning Bitiruvchilar bilan ishlash va kasbiy rivojlanish sektori tomonidan o‘tkazilib, talabalarga Ernst and Young (EY) kompaniyasining global faoliyati, asosiy xizmat yo‘nalishlari hamda tashkiliy tuzilmasi haqida umumiy ma’lumot berildi.

    Uchrashuvning asosiy qismi People Advisory Services (PAS) yo‘nalishiga bag‘ishlandi. Ma’ruzachilar PAS 2015-yilda tashkil etilgani, ushbu yo‘nalish nafaqat HR xizmatlarini, balki tashkiliy transformatsiya, o‘zgarishlarni boshqarish, HR-biznes hamkorlik modeli va strategik talant menejmenti bo‘yicha kompleks yechimlarni ham qamrab olishini ta’kidladilar. Shuningdek, PAS tarkibidagi Workforce Advisory (WFA) va Global Mobility & Payroll (GM) yo‘nalishlari, shuningdek bu sohada ishlash uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar muhokama qilindi.

    Tadbirda Ernst and Young kompaniyasining People Advisory Services yo‘nalishi vakillari - Renata Latipova (People Advisory Services bo‘yicha katta konsultant), Nursultan Hamidov (People Advisory Services konsultanti) hamda Kamshat Mendigaliyeva (HR mutaxassis) ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

    Tadbir yakunda talabalar EY’da karyera boshlash imkoniyatlari, tanlov jarayonlari hamda xalqaro professional muhitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.