
JIDUda Vengriyaning Károly Gáspár universiteti mutaxassisi tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
JIDUda Vengriyaning Károly Gáspár universiteti mutaxassisi tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-dekabr kuni, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro biznes huquqi” va “Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish” yo‘nalishi magistratura bosqichi talabalariga Vengriyaning Károly Gáspár universiteti huquq fakulteti doktoranti Miradxamova Dilfuza Soliddin qizi tomonidan “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Bobonazarov Alisher tashabbusi bilan “Sustainable development goals – 16. Peace, justice and strong institutions” mavzusida onlayn mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarining kelib chiqishi, ahamiyati, ularning huquq sohasida tutgan o‘rni, 16- maqsadida keltirilgan shartlarning amal qilishi va indikatorlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, talabalarning turli savollariga javob berildi va Vengriyada doktorantura bosqichida ta’lim olish imkoniyatlari bilan tanishildi.
Ushbu tadbir yurtimizda fuqarolik jamiyatini tashkil etishdagi kuchli demokratik institutlarni tashkil etishda va BMTning Barqaror ribojlanish maqsadlarini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.




