JIDUga Gretsiya Favqulodda va Muxtor elchisi tashrif buyurdi

JIDUga Gretsiya Favqulodda va Muxtor elchisi tashrif buyurdi

    JIDUga Gretsiya Favqulodda va Muxtor elchisi tashrif buyurdi

    JIDUga Gretsiya Favqulodda va Muxtor elchisi tashrif buyurdi

    2026-yil 28-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev Gretsiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Paraskevi Tseveleki xonim bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

    Suhbat davomida S.Safoyev universitetning akademik, ilmiy va madaniy sohalarda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi. Elchi P.Tseveleki samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Gretsiya elchixonasining O‘zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligini ta’kidladi va hamkorlikka tayyorligini izhor etdi.

    Akademik hamkorlikni muhokama qilish doirasida Elchi JIDUda taklif etilgan ma’ruzachi sifatida chiqish qilishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar Gretsiya diplomatik missiyasi va akademik doiralari vakillarining universitetning o‘quv va ekspert tadbirlarida muntazam ishtirok etish imkoniyatlarini, shuningdek, yosh diplomatlar uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik almashinuvlar va talabalar uchun mavzuli davra suhbatlarini tashkil etish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar elchi va elchixona xodimlarining JIDU akademik tadbirlarida ishtirok etishlari uchun rasmiy taklifnomalar tayyorlash to‘g‘risida kelishib oldilar. Shuningdek, ta’lim va fan sohalarida qo‘shma loyihalarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish uchun ishchi mexanizm yaratish niyati tasdiqlandi.

    Erishilgan kelishuvlar Gretsiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim ko‘prigini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, ikki mamlakat talabalari va o‘qituvchilari uchun yangi istiqbollar ochadi.