“Ta’limda sun’iy intellekt: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yoshlar ishlari ofisi tomonidan talaba-yoshlar tarbiyasi bilan ishlashning samarali va tizimli mexanizmlarini joriy etish, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini oshirish hamda ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutuvchi kurs koordinatorlarining faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

    Mazkur seminar-treningda Milliy tadqiqot instituti Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kafedrasi professori D.Muxammadiyeva “Ta’limda sun’iy intellekt: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida ma’ruza qilib, ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb jihatlari va istiqbollarini atroflicha yoritib berdi.

    Shuningdek, Raqamli transformatsiya markazi mutaxassisi Z.Davlatov tomonidan talabalar va kurs koordinatorlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayonida ochiqlik va tezkorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi “Kurs koordinatoriga murojaat” platformasida ishlash mexanizmlari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

    Seminar-trening kurs koordinatorlari uchun tajriba almashish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘lib, unda ilg‘or pedagogik yondashuvlar, raqamli yechimlar hamda tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.