JIDUda talabalar uchun “Yuridik etikasi va psixologiyasi” treningi tashkil etildi

JIDUda talabalar uchun “Yuridik etikasi va psixologiyasi” treningi tashkil etildi

    JIDUda talabalar uchun “Yuridik etikasi va psixologiyasi” treningi tashkil etildi

    JIDUda talabalar uchun “Yuridik etikasi va psixologiyasi” treningi tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va psixologik chidamliligini mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 17-aprel kuni universitetning Yuridik klinikasi va psixologik xizmati hamkorligida Xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun “Yuridik etikasi va psixologiyasi” mavzusida mahorat darsi va amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

    Trening dasturida quyidagi asosiy mavzular qamrab olindi:

    Kasbiy etika – muvaffaqiyat garovi. 

      Yuridik klinika rahbari Z.Ubaydullayev huquqshunoslik faoliyatida axloq-odob qoidalarining o‘rni, milliy qadriyatlar va zamonaviy huquqiy madaniyatning uzviyligi hamda mutaxassisning jamiyatdagi imiji bevosita etika normalariga bog‘liqligini hayotiy misollar asosida tushuntirdi.

    Ruhiy tahlil va boshqaruv.

      Universitet psixologi N.Norova yuridik psixologiyaning amaliy jihatlarini ochib berdi. Mashg‘ulot davomida talabalar psixologik texnikalarni amalda bajardilar, temperament turlarining emotsiyalarda namoyon bo‘lishini tahlil qildilar va muloqot jarayonida hissiyotlarni boshqarish sirlarini o‘rgandilar.

    Ma’naviyat va huquq.

      Yoshlar ofisi mutaxassisi F.Ernazarova huquqiy etikaning ma’naviy ildizlari va insoniy fazilatlarning kasbiy faoliyatdagi ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

    Trening yakunida talabalar olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida maxsus test sinovlaridan o‘tdilar. Barcha ishtirokchilar yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, nazariya va amaliyotni qay darajada o‘zlashtirganliklarini amalda isbotlashdi.