JIDUda “Bir yurt — bir xalq — bir kelajak” mavzusida ijtimoiy-psixologik seminar-aksiya o‘tkazildi

JIDUda “Bir yurt — bir xalq — bir kelajak” mavzusida ijtimoiy-psixologik seminar-aksiya o‘tkazildi

    JIDUda “Bir yurt — bir xalq — bir kelajak” mavzusida ijtimoiy-psixologik seminar-aksiya o‘tkazildi

    JIDUda “Bir yurt — bir xalq — bir kelajak” mavzusida ijtimoiy-psixologik seminar-aksiya o‘tkazildi

    2026-yil 28-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi, Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi hamda “Sog‘lom universitet” konsepsiyasi doirasida “Bir yurt — bir xalq — bir kelajak” mavzusida ijtimoiy-psixologik seminar-aksiya o‘tkazildi.

    Mazkur seminar aksiya universitet psixologi Norova Nargizaning tashabbusi bilan, Yoshlar ishlari ofisi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilib, universitet jamoasida inson qadri, o‘zaro hurmat, hamjihatlik, ijtimoiy mas’uliyat va psixologik farovonlikni mustahkamlashga qaratilgan.

    Seminar-aksiya doirasida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tinchlik, barqarorlik, bunyodkorlik, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ulug‘lanadi. Shuningdek, “Sog‘lom universitet” konsepsiyasi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining inson farovonligi, sifatli ta’lim, teng imkoniyatlar, ijtimoiy hamjihatlik va barqaror taraqqiyot tamoyillari targ‘ib etildi.

    Tadbir davomida:

    - ijtimoiy-psixologik suhbatlar va ochiq muloqotlar;

    - psixologik farovonlik va ijobiy fikrlashni rivojlantiruvchi interaktiv mashg‘ulotlar;

    - o‘zaro ishonch, hurmat va hamkorlikni mustahkamlovchi amaliy mashg‘ulotlar;

    - motivatsion va ijodiy faoliyatlar;

    - O‘zbekiston, Vatan va Mustaqillik g‘oyalarini ulug‘lovchi qo‘shiqlar va milliy raqslar;

    - Mustaqillik, Vatan, milliy qadriyatlar va kelajakka bag‘ishlangan badiiy-musiqiy kompozitsiyalar;

    - talabalar ishtirokidagi jamoaviy va ijodiy chiqishlar tashkil etildi.

    Tadbirning ijtimoiy-psixologik mazmunini boyituvchi badiiy-musiqiy va milliy chiqishlar ishtirokchilarda Vatanga daxldorlik, milliy qadriyatlarga hurmat, ijobiy kayfiyat, jamoaviy birdamlik va kelajakka ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Universitet psixologi tomonidan tadbir doirasida “Sog‘lom universitet — bu, avvalo, inson o‘zini qadrlangan, hurmat qilingan va jamoaning muhim bir qismi sifatida his qiladigan muhitdir” degan g‘oya ilgari surilib, sog‘lom muhitni shakllantirishda o‘zaro hurmat, ishonch, mas’uliyat va samimiy muloqotning ahamiyati ta’kidlandi.

    Seminar-aksiyaning asosiy g‘oyalaridan biri —“Bir yaxshi niyat — bir yaxshi qadam” tashabbusi bo‘lib, u talabalarni ezgu maqsadlar sari intilish, ijobiy fikrlash, o‘zaro hurmat va hamkorlik muhitini rivojlantirishga chorlaydi.

    Seminar -aksiya davomida talabalar o‘z fikr va ezgu niyatlarini ifodalab, kelajak haqidagi qarashlarini baham ko‘radilar hamda ijodiy va jamoaviy faoliyatlarda faol ishtirok etdilar.

    Mazkur seminar-aksiya JIDUda inson kapitalini rivojlantirish, sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni mustahkamlash, jamoaviy birdamlikni rivojlantirish, faol fuqarolik pozitsiyasi va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish hamda barqaror taraqqiyot qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.