
JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya va MERI Group of Institutions o‘rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandum va shartnoma imzolandi
JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya va MERI Group of Institutions o‘rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandum va shartnoma imzolandi

Joriy yilning 23-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev bilan Hindistonning “MERI Group of Institutions” ta’lim guruhi vitse-prezidenti, professor Lalit Aggarval rahbarligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant ham ishtirok etdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini, jumladan, xalqaro ta’lim standartlariga mos “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturini JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyasida joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv doirasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum va shartnoma imzolandi hamda yangi o‘quv yili uchun o‘quv rejasi tasdiqlandi. Ushbu kelishuv diplomatiya akademiyasi tinglovchilari uchun ta’lim sifatini oshirish, Hindistonning yetakchi ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb qilish, ilmiy bilimlar almashinuvi va MERI ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi.
Tomonlar kelgusidagi sheriklikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.