
JIDUda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kuniga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi
JIDUda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kuniga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi

Joriy yilning 9-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasining ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari doirasida ikki muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kuniga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi.
Tadbir NTM “Lider bolalar maktabi” ning 8-sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazildi.
Ochiq dars kafedra o‘qituvchilari — Kadirova Nargiza va Azizova Nigina hamda Xalqaro huquq fakultetining 4-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga interaktiv tarzda quyidagilar tushuntirildi:
• O‘zbekiston davlat tuzumining asosiy konstitutsiyaviy tamoyillari;
• Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari;
• 1948-yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining tarixiy va xalqaro-huquqiy ahamiyati;
• O‘zbekiston Konstitutsiyasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan uyg‘unligi.
O‘quvchilar yuqori qiziqish bildirdilar, muhokamalarda faol ishtirok etdilar, bolalar huquqlari, fuqarolik mas’uliyati hamda Konstitutsiya va xalqaro hujjatlarning ular uchun yaratadigan imkoniyatlari haqida savollar berdilar.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash hamda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni ommalashtirishga qaratilgan ma’rifiy tashabbuslarni davom ettiradi.




