JIDUda mashhur eko-faol “Urikguli” ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

JIDUda mashhur eko-faol “Urikguli” ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda mashhur eko-faol “Urikguli” ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda mashhur eko-faol “Urikguli” ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 1-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Urikguli” taxallusi bilan tanilgan, mashhur eko-faol va bloger Mo‘tabar Xushvaqtova  ishtirokida talabalar uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda ekologik madaniyat, zamonaviy ekologik muammolar va ularning yechimlari boyicha chuqurroq tushunchani shakllantirish, shuningdek jamiyat hayotida ekologik tashabbuslarning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirishdan iborat boldi.

    Uchrashuv davomida M. Xushvaqtova ekologik ongni oshirish, mas’uliyatli iste’mol, chiqindilarni kamaytirish hamda qayta ishlash madaniyatini rivojlantirish borasidagi tajribasi bilan bo‘lishdi. U mahalliy va xalqaro amaliyotlardan hayotiy misollar keltirib, kichik ekologik odatlarning uzoq muddatli istiqbolda katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

    Spiker talabalarni faol muloqotga chorlab, ular bilan ekologik yechimlar, yoshlarning “yashil” loyihalardagi ishtiroki hamda barqaror rivojlanish tamoyillarining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashdi.

    Shu kabi tadbirlar JIDUning ekologiya, barqaror rivojlanish va ijtimoiy masuliyatni targib qilishdagi faoliyatida muhim orin tutadi va talabalarning ekologik dunyoqarashini kengayishiga xizmat qiladi.