
JIDUda Xattotlik (Kalligrafiya) tanlovi bo‘lib o‘tdi
JIDUda Xattotlik (Kalligrafiya) tanlovi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ikkinchi va uchinchi kurs yapon tilini o’rganuvchi talabalari har yili o'tkaziladigan xattotlik (kalligrafiya) tanlovida ishtirok etdilar.
Ma’naviy meros va madaniy almashinuvning bir qismi bo‘lgan kalligrafiya – go‘zal yozuvning qadimiy san’at turi bo‘lib, unda ishtirokchilar an’anaviy vositalar: mo‘yqalam, siyoh, siyohdon va qog'oz yordamida qog‘ozga siyoh bilan ierogliflar yozadigan nozik san’at turi hisoblanadi.
Mazkur tadbirda Hitotsubashi va TUFS (Yaponiya) universiteti talabalari faol ishtirok etishdi va ular “momidzi” mavsumining yaponlar uchun ahamiyatini qanchalik muhimligi hamda uning go‘zallik, yangilanish va hayotning o‘tkinchiligi ramzi sifatida ko‘rishlarini ta’kidlashdi. Bu mavsum juda mashhur bo‘lib, Yaponiyada “oltinchi fasl” nomi bilan ham tanilgan. Tadbir JIDU Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar yapon badiiy va kundalik hayotining eng muhim jihatlaridan biri - kuzgi barglarni tomosh qilib zavqlanish an’anasi (紅葉 – “momidzi”) haqida bilib oldilar.
“Momidzi” – bu yaponcha atama bo‘lib, kuzgi zarang barglarini anglatadi, bu go‘zallikning o‘tkinchiligi va Yaponiyadagi kuz faslining ramzidir.
Ishtirokchilar o'zlarining ierogliflar yozish mahoratlarini namoyish etishdi va an’anaviy yapon mo‘yqalami yordamida “紅葉” personajini yozdilar. Tanlov g'oliblariga maxsus sovg'alar topshirildi.




