
“UWED halollik haftaligi”ga bag‘ishlangan mazmunli ma’rifiy mashg‘ulot o‘tkazildi
“UWED halollik haftaligi”ga bag‘ishlangan mazmunli ma’rifiy mashg‘ulot o‘tkazildi

Joriy yilning 3-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti kurs koordinatori N. Ergashova tomonidan 1-kurs talabalariga “Xalqaro korrupsiya kuni va UWED halollik haftaligi”ga bag‘ishlangan mazmunli ma’rifiy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbirda halol va ijtimoiy faol yoshlar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida talabalar uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarning asosiy tamoyillari, ularning kundalik hayotdagi ahamiyati keng tushuntirib berildi. Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda yoshlarning o‘rni, akademik halollik tamoyillari va universitet muhitida halollik madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida talabalar savol-javob jarayonida juda faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot yoshlar ongida halollik, mas’uliyat va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
| Sana: | 03.12.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 38 |
| Ulashish: |




